Istominsiz o‘ynayotgan terma jamoamiz mag‘lubiyatga uchramoqda

  • 7 aprel, 2017, 22:24
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

 

Tecno
 

Tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogi birinchi guruh Osiyo/Okeaniya saralash bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi bosqich uchrashuvini Hindiston terma jamoasiga qarshi o‘tkazmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasining Hindistondagi o‘yiniga murabbiylar Sanjar Fayziev, Temur Ismoilov, Farrux Do‘stov va Jo‘rabek Karimovni jalb qildi. Musobaqada mamlakatimizning eng kuchli tennischisi Denis Istominning ishtirok etmayotgani natijaga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

Birinchi kungi o‘yinlarda Temur Ismoilov Ramkumar Ramanatanga, Sanjar Fayziev esa Prajnesh Gunnesvaranga imkoniyatni boy berdi. Endi hamyurtlarimiz keyingi bosqichga o‘tish uchun bitta juftlik va ikkita yakkalik bahslarida zafar quchishga majbur.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!