
Italiya bu ishni 10-marta uddaladi
Xabaringiz bor, Italiya terma jamoasi kecha Ispaniya ustidan g‘alaba qozondi va finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa Italiya o‘z tarixida 10-marta yirik musobaqalarning finaliga chiqdi. Aniqrog‘i, “Skuadra Adzurra” shu kungacha 6 marta jahon chempionati finaliga, 4 marta Evropa chempionati finaliga chiqgan.
E’tiborlisi, italiyaliklar mundiallarning 6 ta finalidan 4 tasida g‘olib chiqishgan. Biroq o‘tgan 3 ta Evropa chempionati finalidan faqat 1 tasida, 1968 yilgi musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritgan xolos.
Roberto Manchini shogirdlari bu safar finalda Angliya va Daniya terma jamoalari g‘olibiga qarshi o‘ynaydi. Ushbu o‘yin 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar