
Italiya jahon chempionati mezbonligi uchun kurashga qo‘shildi
Italiya 2029 yilgi ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun nomzodini rasman e’lon qildi. Endilikda da’vogarlar ro‘yxatiga beshta davlat - Germaniya, Polsha, Portugaliya, shuningdek, Shvetsiya va Daniyaning qo‘shma arizasi kiritilgan.
Ko‘rinib turibdiki, mezbonlikka da’vogarlar orasida faqat Evropa mamlakatlari joy olgan. Tanlov 2025 yil oxirida – bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Italiya 1990 yildan buyon bunday darajadagi turnirga mezbonlik qilmagan. Skuadra Adzurra o‘z uyidagi jahon chempionatida uchinchi o‘rinni egalladi. Finalda Argentinani mag‘lub etgan Germaniya esa bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar