Italiya kubogi. "Napoli" penaltilar seriyasida "Komo"ga yengildi
Italiya kubogi chorak finalida "Napoli" oʻz maydonida "Komo"ga magʻlub boʻldi.
Uchrashuv "Stadio Diego Armando Maradona" stadionida boʻlib oʻtdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa mehmonlar 7:6 hisobida ustun keldi.
39-daqiqada mehmonlar yarim himoyachisi Martin Baturina penaltiidan hisobni ochdi. 46-daqiqada esa mezbonlar hujumchisi Antonio Vergara muvozanatni tikladi.
Asosiy vaqtda gʻolib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida Sesk Fabregas boshqarayotgan jamoa aniqroq harakat qildi. "Napoli" safida Romelu Lukaku va Stanislav Lobotka penaltiidan foydalanа olmadi. "Komo" tomonida esa Maksimo Perrone oʻz zarbasini golga aylantira olmadi.
- Italiya - Kubok
- Chorak final
Napoli
- Antonio Vergara 46'
P.S.
1
:
1
11.02.2026 01:00
Como
- Martin Baturina 39'

Fikrlar