Italiya Superkubogi. "Napoli" finalda "Bolonya"ni mag‘lub etib, chempionga aylandi
"Napoli" Italiya Superkubogi finalida David Neresning ikki goli evaziga "Bolonya"ni mag‘lubiyatga uchratdi (2:0).
Braziliyalik 28 yoshli futbolchi dastlab 39-daqiqada neapolliklarni oldinga olib chiqdi. Bellashuvning 57-daqiqasiga kelib esa jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi va g‘alabani ta’minladi.
Ma’lumot o‘rnida, "Napoli" yarim finalda Allegri boshchiligidagi "Milan"ni mag‘lubiyatga uchratgan edi.



Fikrlar