
Italiya terma jamoasi a’zosida ham koronavirus aniqlandi
Xitoyning “Shanxay Shenxua” klubi hamda Italiya terma jamoasi xavbeki Stefan El-Shaaravida koronavirus aniqlandi.
Italiya terma jamoasi shifokori Andrea Ferrettining aytishicha, 27 yoshli futbolchining Covid-19 ga topshirgan testi musbat chiqqan. Ammo u noto‘g‘ri bo‘lishi ham mumkin.
Shu sababli El-Shaaravi bugun yana qayta test topshirgan. Agar uning natijasi manfiy chiqsa, u holda futbolchi yana terma jamoa safiga qaytishi mumkin.
Fikrlar