Italiya terma jamoasi omadsizligiga “chaqimchi” sababchi!

  • 2 iyul, 2024, 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasi Germaniyadagi Evropa chempionatida muxlisu mutaxassislar ishonchini oqlay olmadi. Italiya nashrlari bosh murabbiy Luchano Spalletti jamoasi ichidagi muammolarni oshkor qildi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, “Evro-2024” davomida terma jamoaning ichki muhiti buzilgan, munosabatlar taranglashgan.

Xususan, Reppublica nashriga ko‘ra, tarkib ikkiga bo‘linib qolgan. Ayrim o‘yinchilar Spallettini terma jamoani musobaqaga etarli darajada tayyorlay olmaganlikda, bosh murabbiy qo‘llagan o‘yin uslubida intensivlik etishmaganlikda ayblamoqda.

Boshqa guruh yarim himoyachi Nikolo Fadjolini terma jamoaga chaqirtilishiga qarshi bo‘lgan. Ular Nikolo “Nyukasl” o‘yinchisi Sandro Tonalining o‘yinlarga pul tikkanini oshkor qilgani uchun uni  chaqimchi, deb hisoblayapti.

Bundan tashqari, terma jamoa o‘yinchilariga Luchano Spalletti guruh bahslarining 3-turida Xorvatiya bilan bo‘lgan o‘yinga ikki soat qolganida taktikani o‘zgartirgani yoqmadi. Bu qarordan keyin ba’zi o‘yinchilar o‘zlarini jamoadan ajratib qo‘yilgandek his qilgan.

Eslatib o‘tamiz, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan italiyaliklar nimchorak finalda Shveytsariya terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani kutilganidan ancha erta tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!