Italiyada raqib futbolchisining yuziga “kalla qo‘ygan” bosh murabbiy haydaldi

  • 11 mart, 2024, 20:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya A Seriyasining 28-turida kutilmagan holat yuz berdi. “Lechche” futbolchilari keskin va murosasiz uchrashuvda o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Vernoa”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Bellashuvdan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Roberto D'Aversa raqib futbolchisi Toma Anrining yuziga boshi bilan zarba berdi.

- “Lechche” – “Verona” o‘rtasidagi uchrashuvning oxirida ro‘y bergan voqeadan keyin, “Lechchi” klubi murabbiy Roberto D'Aversa o‘z lavozimidan ozod etilganini e’lon qilinadi. Murabbiyni klubda amalga oshirgan ishlar uchun minnatdorlik bildiramiz, - deyiladi klub saytining rasmiy bayonotidi.

48 yoshli mutaxassis “Lechche”ni 2023 yilning 27 iyun kuni qabul qilib olgandi. Uning qo‘l ostida jamoa A Seriyada 28 ta uchrashuvda beshta g‘alaba, 10 ta durang va 13 ta mag‘lubiyat qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!