Italiyaning eng zo‘r to‘purari qachon fuboldan ketishini aytdi

  • 13 avgust, 2020, 18:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yakunlangan mavsumda A Seriyada 36 ta gol urib, Evropa to‘purlarlari bahsi g‘olibi sifatida “Oltin Butsa”ga ega chiqqan Chiro Immobile futboldan qachon ketishini ma’lum qildi.

Tecno

- Men “Latsio”da faoliyatim oxirigacha qolmoqchiman. Shartnomana yana uch yilga tuzaman. 2025 yili 35 yoshni qarshi olaman va faoliyatimni to‘xtataman. “Latsio”ga kelgunimcha “Napoli” bilan ko‘p muzokara olib borganman. Lekin bir to‘xtamga kela olmaganmiz. Men Neapolda tug‘ilganman va bu shaharni yaxshi ko‘raman. Biroq “Latsio” menga bebaho narsalarni tuhfa etmoqda, - dedi Immobile.

Chiro Immobile to‘purarlar raqobatida 34 ta gol urgan “Bavariya” hujumchisi Robert Levandovski va 31 ta to‘p kiritgan “Yuventus” etakchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!