
ITKF karate-do: Mehrojiddin Jalolov jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Ruminiyaning Kluj-Napoga shahrida ITKF karate-do bo‘yicha jahon chempionati tashkil etildi. Tabiiyki, mazkur musobaqada O‘zbekiston ITKF karate-do federatsiyasi raisi Shuhrat Kushmuratov boshchiligidagi vakillarimiz ham ishtirok etmoqda.
Natijalar ham yo‘q emas. Jumladan, 14-15 yoshlilar o‘rtasidagi kata yo‘nalishida tatamiga chiqqan Mehrojiddin Jalolov jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Mazkur muvaffaqiyatli ishtirok bilan yosh sportchimizni tabriklaymiz!
Turnir jdavom etmoqda. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar