
Ivan Boshkovich: "Taktika borasida uxlayotganimizda ham o‘ylayman"
Superliga 14-turida "So‘g‘diyona" jamoasi Farg‘onada "Neftchi" klubi mehmoni bo‘ldi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘ylashimcha, raqibga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Biz maydonning holatini ham hisobga olgan edik. Ayniqsa, ikkinchi taymda. Bugun jang bo‘lishini, ikkinchi qavat va stadartlarni hisobga olgan edik. Yigitlarim barchasini uddalashdi. Meni talabimdan tashqari, ruhiy xolatimiz va sabr bilan kutganimiz uchun haqli g‘alabaga erishdik. Raqibga keyingi o‘yinda g‘alaba tilayman.
- Boshkovich tunggi soat 2-3 larda stadionda yangi taktika ustida boshqotirish uchun aylanib yuradi deb eshitdim. Shu rostmi?
- Barchasi siz o‘ylagandek emas, ammo haqiqatga yaqin. Biz deyarli bazadan chiqmay ishlayapmiz. Bunday paytda sayr qilish uchun maydon eng yaqini. Taktika borasida uxlayotganimizda ham o‘ylayman. Bunday savol berganingiz menga yoqdi.
- "Neftchi" bilan kubokda ham, chempionatda ham o‘ynadingiz. O‘zgarish bormi?
- Bu batamom ikki xil uchrashuv bo‘ldi. Bizda ham, ularda ham imkoniyat bo‘lgan edi. Bu safar asosiy kurash markazda kechdi. Biz ko‘proq to‘p nazoratini raqibga berib harakat qildik. Ikki o‘yinni solishtirib bo‘lmaydi. Har bir bahsning o‘z stsenariysi bor. Mavsum oxirida hammasi o‘z o‘rniga keladi. Turnir jadvali hamma savollarga yakuniy javobni beradi.
- Bugun juda ko‘p yosh futbolchilar harakat qildi?!
- Nafaqat bu o‘yin, boshqa bahslarda ham bu xolat kuzatiladi. Jamoada jismoniy charchoq yig‘ilib qolgani uchun ko‘proq rotatsiyaga murojaat etamiz. Shunchaki, yoshlar mashg‘ulotlarda kattalardan ko‘ra yaxshiroq harakat qilmoqda. Men hech qachon ikkisini ajratmaganman. Ularning formasiga e’tibor qilamiz. O‘tgan bahsda 6 ta 21 yoshdan kichik futbolchi bilan harakat qilgan edik. Bugun 5 ta. Men yoshga e’tibor qilmayman. Har bir bellashuvga bir xil tarkib bilan harakat qilib bo‘lmaydi. Eng optimal tarkibni tanlash kerak. Bu 11 futbolchi bilan jamoa doim eng kuchlisi bo‘lib qolmaydi. Boshqa faktorlar yordamida balansni ushlab turish kerak.
Fikrlar