
Jahon chempionati. Bugun 2 nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz
Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining to‘rtinchi kuniga ham etib keldik.
Bugun ayollar o‘rtasida -63, erkaklarda esa -81 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi.
Bugun kurashadigan dzyudochilarimiz:
-63 kg: Marjona Nurulloeva – Sabina Gerchak (Vengriya)
-81 kg: Arslonbek Tojiev – Antonio Espozito (Italiya)
Ma’lumot uchun, bugungi saralash dasturi bizning vaqt bilan soat 14:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar