Jahon chempionati. Bugun 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi!
Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasida jahon chempionati bahslariga mezbonlik qilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida 3 nafar bokschimiz o‘zlarining janglarini o‘tkazishadi.
-57 kg: Xumorabonu Mamajonova - Lai-Karlile Ali (Yangi Zelandiya);
-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziev - Navaf Avaji (Saudiya Arabistoni);
+90 kg: Jahongir Zokirov - Mourad Kadi (Jazoir);
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan birinchi dastur 15:00 da va kechki dastur 22:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar