
Jahon chempionati ishtirokchilari soni oshishi mumkin!
FIFA 2029 yilda klublar o‘rtasidagi jahon chempionati ishtirokchilari sonini 48 ta jamoaga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, agar 2025 yilgi turnir muvaffaqiyatli o‘tsa, uni kengaytirish g‘oyasi ko‘rib chiqilada. Formatning o‘zgarishi mumkin bo‘lgan sabablaridan biri - Evropaning 12 klubi ishtiroki. Bu qit’aning etakchi jamoalarining ishtirokini cheklaydi.
Ishtirokchilar sonini kengaytirish ushbu muammoni hal qilish varianti sifatida qaraladi. Bo‘lajak turnirda ishtirok etish istagini "Barselona", "Arsenal", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Milan" kabi klublar allaqachon bildirishgan.
Klublar o‘rtasidagi 2029 yilgi jahon chempionati formati va tuzilishini manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilish 2025 yilgi turnir yakunlanganidan keyin rejalashtirilgan.
Fikrlar