Jahon chempionati pley-offining barcha juftliklari ma'lum bo‘ldi
Jahon chempionati guruh bosqichi yakunlangach, pley-offning 1/16 finalida ishtirok etadigan barcha jamoalar va juftliklar aniqlandi.
⠀
1/16 final bahslarida quyidagi jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi:
Janubiy Afrika Respublikasi — Kanada
Braziliya — Yaponiya
Germaniya — Paragvay
Niderlandiya — Marokash
Kot-d'Ivuar — Norvegiya
Fransiya — Shvetsiya
Meksika — Ekvador
Angliya — Kongo DR
Belgiya — Senegal
AQSh — Bosniya va Gertsegovina
Ispaniya — Avstriya
Portugaliya — Xorvatiya
Shveytsariya — Jazoir
Avstraliya — Misr
Argentina — Kabo-Verde
Kolumbiya — Gana

⠀
Musobaqaning 1/16 final uchrashuvlari 28 iyundan 4 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. 1/8 final bahslari 4–7 iyul, chorak finallar 9–11 iyul, yarim finallar esa 14 va 15 iyul kunlari o‘tkaziladi.
⠀
Uchinchi o‘rin uchun bahs va Jahon chempionati finali 19 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar