Jahon chempionatida ishtirok etadigan terma jamoamiz tarkibi aniqlab olindi

CHERY AUTO

Joriy yilning 6-15 dekabr kunlari Bahrayn poytaxti Manama shahrida kattalar o‘rtasida Jahon chempionati o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan dunyo birinchiligiga nazorat-saralash musobaqasi tashkil etildi. Chirchiq shahrida bo‘lib o‘tgan bellashuvlarda terma jamoa a’zolari ishtirok etishdi.

Qayd etish lozimki, ushbu nazorat-saralash musobaqasida polvonlarimiz murabbiylar tomonidan belgilangan kilogrammlarni to‘plashdi va ushbu natijalarga ko‘ra Manamadagi Jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoa tarkibi aniqlab olindi.

Jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxati: 

Erkaklar 
Muhammadqodir Toshtemirov -81 kg
Sarvarbek Zafarjonov -89 kg
Sharofiddin Amriddinov -109 kg
Ruslan Nurudinov -109kg

Ayollar
Shaxloxon Abdullaeva -64 kg
Tursunoy Jabborova -87 kg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!