
Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘smirlarimiz tantanali kutib olindi
Joriy yilning 22-26 may kunlari Peru poytaxti Lima shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi.
Yosh polvonlarimiz Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Og‘ir ateltika federatsiyasi rahbariyati, ommaviy axborot vositalari xodimlari, oila a’zolari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.
Eslatib o‘tamiz, Perudagi dunyo birinchiligida quyidagi sportchilarimiz shoxsupadan joy oldi:
Marjona Abdumutalova:
Dast ko‘tarish: 82 kg (bronza)
Siltab ko‘tarish: 100 kg (kumush)
Ikkikurash: 182 kg (bronza)
Ruslan Rahmatjonov:
Dast ko‘tarish: 139 kg (kumush)
Siltab ko‘tarish: 172 kg (oltin)
Ikkikurash: 311 kg (oltin)
Bekzod G‘ofirjonov:
Dast ko‘tarish: 141 kg (bronza)
Siltab ko‘tarish: 183 kg (kumush)
Ikkikurash: 324 kg (bronza)
Omadillo Olimov:
Dast ko‘tarish: 150 kg (kumush)
Siltab ko‘tarish: 195 kg (kumush)
Ikkikurash: 345 kg (kumush)
Fikrlar