Jahon chempionatida qaysi klub g‘olib chiqishi aytildi

  • 6 iyul, 11:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA tomonidan yangi formatda tashkil etilgan va AQSh stadionlari mezbonlik qilayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida eng kuchli to‘rt jamoa yarim finalga chiqdi.

Tecno

Opta markazi superkomyuteri maxsus algoritmlar asosida nufuzli musobaqada g‘olib chiqish bo‘yicha yarim finalchi jamoalarning imkoniyatlarini hisob-kitob qilib chiqdi.

Unga ko‘ra, tarixiy chempionatda Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi – “Pari Sen-Jermen” futbolchilarining chempionlik imkoniyati eng yuqori – 38,54 foizga teng, deb baholandi.

Keyingi ko‘rsatkich, Angliyaning “Chelsi” klubiga tegishli bo‘lbi, 33,86 foiz ekani qayd etildi.

Yulduzlarga to‘lgan “Real”ning jahon chempionatida g‘olib chiqish imkoni 24,67 foizni tashkil qilmoqda. Braziliyaning “Fluminense” jamoasining chempion bo‘lishiga deyarli hech kim ishonmayapti – 2,93 foiz.

Yarim finalda “Fluminense” angliyaliklarga qarshi saf tortadi. Ikkinchi yarim finalda o‘zaro to‘qnash keladigan PSJ va “Real” uchrashuvi finaldan oldingi final bo‘ladi. Yarim finallar 8 va 9 iyul kunlari, Final esa 13 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!