Jahon chempionatiga boradigan 12 terma jamoa nomi ma’lum

  • 17 noyabr, 2021, 03:09
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"JCh-2022" saralashi Evropa mintaqasidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar yakunlandi. Bugun Niderlandiya terma jamoasi Norvegiyani 2:0 hisobida mag‘lub etib, mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Shunday qilib, o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni olgan va "ko‘hna qit’a" nomidan Qatarga boradigan 10 ta terma jamoa ma’lum: 

Germaniya
Daniya
Belgiya
Frantsiya
Xorvatiya
Ispaniya
Serbiya
Shveytsariya
Angliya
Niderlandiya

Qayd etish joiz, o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni olgan jamoalarda hali "JCh-2022"da ishtirok etish uchun imkoniyat mavjud. Bundan tashqari Osiyodan Qatar va Janubiy Amerikadan Braziliya ham mundial yo‘llanmasini allaqachon qo‘lga kiritgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!