Jahon chempionatiga borolmadingmi, aybni o‘zingda!

  • 08.06.2026 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi afsonasi Roy Kin Angliya milliy terma jamoasi himoyachisi Harri Maguayrning jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilmagani haqida fikr bildirdi.

Tomas Tuxel e’lon qilgan 26 nafar futbolchilardan iborat yakuniy ro‘yxatda tajribali Maguayrning yo‘qligi eng katta kutilmagan qarorlardan biri bo‘ldi.

Kinning fikricha, bu holat uchun futbolchining o‘zi aybdor.

- Agar sen 26 kishilik qaydnomaga ham kira olmasang, bu sening muammon. Demak, murabbiyni ishonitira oladigan darajada o‘yin ko‘rsatmagansan.

Odamlar har doim ayrim futbolchilarning chetda qolganidan norozi bo‘ladi. Ammo agar sen 26 kishilik ro‘yxatga ham kira olmasang, boshqani ayblashning hojati yo‘q. Ayb o‘zingda, - dedi Roy Kin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!