Jahon chempionatlari tarixidagi eng zo‘r futbolchi kim?

  • 23.06.2026 13:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Goal nashri futbol bo‘yicha jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzdi. Reytingda birinchi o‘rinni Pele egalladi. Braziliyalik marhum hujumchi jahon chempionatini uch marta qo‘lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi.

Ikkinchi o‘rin Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga nasib etdi.

Uchinchi o‘rinni esa yana bir argentinalik afsona Diego Maradona egalladi.

Goal talqini bo‘yicha Jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi 10 futbolchi:

  1. Pele (Braziliya)
  2. Lionel Messi (Argentina)
  3. Diego Maradona (Argentina)
  4. Ronaldo (Braziliya)
  5. Frants Bekkenbauer (Germaniya)
  6. Kafu (Braziliya)
  7. Gerd Myuller (Germaniya)
  8. Kilian Mbappe (Frantsiya)
  9. Zinedin Zidan (Frantsiya)
  10. Miroslav Kloze (Germaniya)

2026 yildgi futbol bo‘yicha jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda.

Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. 2022 yildgi mundial finalida argentinaliklar Frantsiya bilan 3:3 hisobida durang o‘ynagan, penaltilar seriyasida esa 4:2 hisobida g‘alaba qo‘zongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!