Jahon chempionatlаridа eng ko‘p o‘ynagan futbolchi kim?

  • 10.06.2026 00:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatlari tarixida milliy terma jamoasi safida eng ko‘p uchrashuv o‘tkazgan futbolchilar reytingiga Argentina afsonasi Lionel Messi boshchilik qilmoqda. U beshta mundialda qatnashib, jami 26 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxati:

  1. Lionel Messi (Argentina) — 26 ta o‘yin (5 ta mundial)
  2. Lotar Matteus (Germaniya) — 25 ta o‘yin (5 ta mundial)
  3. Miroslav Kloze (Germaniya) — 24 ta o‘yin (4 ta mundial)
  4. Paolo Maldini (Italiya) — 23 ta o‘yin (4 ta mundial)
  5. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) — 22 ta o‘yin (5 ta mundial)

Ushbu ro‘yxatdan ko‘rinib turibdiki, mundialning guruh bosqichidayoq reytingda jiddiy o‘zgarishlar ro‘y beradi. Chunki “top-5” o‘rin olgan futbolchilar orasida faqatgina Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Endi buyog‘i qaysi terma jamoa 2026 yildagi jahon chempionatida uzoqroq marraga yetib borishiga bog‘liq bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!