
Jahon chempioni Shahram G‘iyosov boksdan futzalga o‘tdi (foto)
Boks bo‘yicha Rio olimpiadasi sovrindori va amaldagi jahon chempioni Shahram G‘iyosov haqiqiy futbol ishqibozi hisoblanadi. Uning katta ringlardagi g‘alabalarini “Real” futbolchisi Krishtianu Ronaldu usulida nishonlashini hamma yaxshi biladi. Hatto Krishtianu Ronalduning o‘zi ham bundan xabardor bo‘lsa kerak.
Endi yana bir yangilik. Shahram G‘iyosov futzal bilan jiddiy shug‘ullanmoqda. Mashhur sportchimiz Toshkentning “Ardus” jamoasi tarkibida mashg‘ulotlarda qatnashmoqda.
Shahramning hayoti va faoliyatiga doir eng sara yangiliklarni taniqli sportchi jurnalisti Malika Murodovaning mualliflik ko‘rsatuvi – “Yulduzli oqshom”da bilib olishingiz mumkin. Ko‘rsatuvning Shahram G‘iyosovga bag‘ishlangan soni 29 oktyabr – yakshanba kuni soat 20:55 da “Sport” telekanali orqali efirga uzatiladi.
SPORTS.uz
Fikrlar