Jahon futboli yulduzi Mourino qo‘l ostida o‘ynamaganidan afsusda ekanini tan oldi

  • 26 fevral, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik mashhur hujumchi Terri Anri “Arenal”da to‘p surgan davrlarida "Chelsi" bosh murabbiyi sifatida uzoq vaqt unga raqobat qilgan Joze Mourino qo‘l ostida futbolchi sifatida ishlamaganidan afsusda ekanligini tan oldi.

“Men u bilan ishlashni xohlardim. Mourino - futbolchini uyg‘ota oladigan, tanaffusda unga kuch beradigan murabbiy. Menga ba’zan mana shular etishmadi”, - deya Anrining so‘zlaridan iqtibos keltirdi fcinter1908.it.

Eslatib o‘tamiz, Terri Anri futbolchilik faoliyatini 2014 yilda AQShning "Nyu-York Red Bullz" klubi safida yakunlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!