Jahongir Zokirov terma jamoamizga o‘n birinchi medalni taqdim etdi!

  • 15.09.2025 00:57
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati o‘zining yakuniy pallasiga kirib keldi.

+90 kg vaznda hamyurtimiz Jahongir Zokirov va qozog‘istonlik Oybek Oralbay oltin medal uchun o‘zaro ringga ko‘tarildi. Shiddatli va murosasiz kechgan bahsda bokschimiz ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi (3:2) va kumush medal bilan musobaqani yakunladi. Shu tariqa JCh o‘z nihoyasiga etdi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks terma jamoasi mazkur dunyo birinchiligida 6 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronzani qo‘lga kiritib, medallar jamg‘armasi bo‘yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi. Birinchi o‘rinni Qozog‘iston (7 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza) terma jamoasi qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
15/09/2025 10:43
Жахонгир ковунни каттасини туширди...