
"Jaloliddin bugun shunday gol urginki, arablarning butun umri davomida eslarida qolsin!" - Saudiyaga qarshi o‘yin oldidan muxlislar fikri
Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixidagi juda muhim o‘yinlardan birini o‘tkazadi. Hamyurtlarimiz ikkinchi saralashning o‘zidayoq qiyin ahvolda qolishdi. Sababi, vakillarimiz ayni paytda keyingi bosqichga chiqishi uchun Saudiya Arabistonini yutishi kerak. Bir qarashda uddalasa bo‘ladi. Lekin Toshkentdagi mag‘lubiyat kishini o‘ylantirib qo‘yadi.
Asosiysi terma jamoamizga ishonish va qo‘llab-quvvatlash. Muxlislarning katta qismi jamoamizdan g‘alaba kutmoqda va bu borada o‘z fikrlarini bildirmoqda.
Saytimizda chop etilgan xabarlarga kuzatuvchilar yozayotgan fikrlarni taqdim etamiz.
Ashurov Baxtiyor: Jaloliddin bugun shunday gol urginki, arablarning butun umri davomida eslarida qolsin!!!
Tursun G‘ani: Masharipovdan yana davomli gollarni kutib qolamiz. G‘alaba gollarini kiritishiga tilakdoshimiz.
Bars-77: Jalolda hamma narsa - tezlik, dribling, tez fikrlash va jangovor xarakter bor. Arablar unga nisbatan agressiv o‘yin qiladi. Alloh uni va qolgan yigitlarni travmalardan asrasin.
Baxil Alihuja: Faqat bitta kamchiligi bor! Sovuqqon emas! Arzimagan narsaga janjal qilib, qo‘pol o‘ynaydi. Qizil olsa, jamoani qiyin ahvolda tashab ketadi.
azam nazarov: Amir Temur yurtidanman: Komanda 3-bosqichga chiqqandan so‘ng, murabbiylik faoliyatini olib boraman.
Bars-77: MTJda O‘zbekistonning eng kuchli o‘yinchilari yig‘ilgan... Albatta, keyingi turga o‘tamiz InshaAlloh
Abdushukurov: Xudo xohlasa, yutvoramiz.
Tursun G‘ani: Vadim Abramov g‘alaba qozonib bering va o‘sha Toshkentda o‘tgan o‘yinni mayli bir umr eslamang. Biz ham unutaylik o‘sha dahshatni.
Bugun Saudiyani mag‘lubiyatsiz seriyasi barham topadi, inshalloh. O‘zbekistonni g‘alabali seriyasi davom etajak. Vaqt oz qoldi do‘stlar.
Fikrlar