Jaloliddin Masharipov EChLda o‘ynashi mumkin. Uni o‘z mamlakatining peshqadam jamoasi sotib olmoqchi

  • 2 iyun, 2020, 15:46
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Paxtakor" klubi a’zosi Jaloliddin Masharipovning Evropaga yo‘l olishi mumkinligi borasida turk nashri xabar tarqatgandi.

Tecno

Karadeniz gazetasi "Trabzonspor" klubining sobiq futbolchisi Shota Arveladze boshqarayotgan "Paxtakor" klubidagi yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov Evropaga yo‘l olishni va "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlayotganini ma’lum qilgandi. "Sherlar" futbolchi uchun Turkiya klubidan 2 million evro so‘ragan. "Trabzonspor" esa Masharipov uchun har qanday pulni berishga tayyorligini ma’lum bildirgan, deyiladi yuqoridagi manbada.

Manba: Jaloliddin Masharipov Evropaga yo‘l olishi mumkin. Da’vogar klub "Paxtakor" so‘ragan pulni berishga tayyor

80e7323a3d4b493793cb923ad1115e6e

Rossiya klublari Shomurodov uchun sarflangan pulga Masharipovni ham olishlari mumkin. Biroq "Paxtakor" bunga ko‘nmaydi

E’tibor qaratadigan bo‘lsak, "Trabzonspor" Turkiya chempionatining amaldagi peshqadam jamoasi hisoblanadi. Klub Superliga 26-turidan so‘ng 53 ochko to‘plagan holda "Istanbul Bashakshexir" bilan qo‘shhokimlikni yuzaga keltirgan. Agar jamoa mavsumni peshqadam sifatida yukunlasa, EChLga yo‘llanma oladi. "Paxtakor" vakili Jaloliddin Masharipovning transferi amalga oshsa u ham ko‘hna qit’aning eng nufuzli musobaqasida qatnashadi.

Voqealar rivojini kuzatamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxonimam OK
02/06/2020 23:01
E kecrib q6yaszu Obodon Jalol yaxwi 6ynci bunga munosb yaxwi nyat qsezci brodar xursan b6lin undan k6ra yclda 6ynidi dyaptyu bu mamlakatti foydasigamasmi bu vataniz bunaqa pasga urmen.obodoncli qb yurbszu tncgna buya hissayiz.end buyogigayam vataniza sodiq b6lin! Gapmga q6wladganla bitta plus bosila iltmos sladan brodarla?!
&
Ободон
02/06/2020 17:06
Мамашарипов котокка хам боролмайди амини киссиб узбда юраверсин унга эмас четда уйнаш
&
Rostgo'y
03/06/2020 09:25
Voxaxacaxa zor gap buldi