Jamshidbek Najmitdinovning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi. U kamar uchun ringga ko‘tariladi
Professional boksning yarim o‘rta vazn (66,6 kg) toifasida janglar o‘tkazib kelayotgan bokschimiz Jamshidbek Najmitdinov (18-2, 14KO) o‘zining navbatdagi jangini 14 may kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Dallas shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida o‘tkazadi. Ushbu kechada unda amerikalik Charles Hetley (30-2-1, 21KO) raqiblik qiladi. 10 raund etib belgilangan bahs uchun WBC yo‘nalishida Amerika Qo‘shma Shtatlari chempionlik kamari tikilgan.
Ushbu to‘qnashuvda Najmitdinovga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.



Fikrlar