
Janluiji Donnarumma - "Manchester Siti" futbolchisi
Janluiji Donnarumma PSJdan "Manchester Siti"ga o‘tdi. Transfer "shaharliklar" matbuot xizmati tomonidan rasman e’lon qilindi.
O‘tgan mavsumda Italiya terma jamoasi a’zosi barcha musobaqalarda 47 ta o‘yinda maydonga tushdi, shundan 17 tasida u darvozasi daxlsizligini saqladi.
Donnarumma faoliyati davomida to‘rt marta Frantsiya chempionligini, ikki marta mamlakat kubogini va uch marta Superkubokni qo‘lga kiritgan. PSJ tarkibida golkiper Chempionlar Ligasini ham qo‘lga kiritdi. "Milan" bilan darvozabon Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi va terma jamoa bilan Evropa chempioni bo‘lgan.
Fikrlar