Janluiji Donnarumma Luis Enrike bilan munosabatlari haqida gapirdi
Janluiji Donnarumma Luis Enrike bilan munosabatlari haqida gapirdi. PSJ bosh murabbiyi yangi kelgan Lyuka Shevaleni asosiy darvozabonga aylantirishga qaror qilganidan keyin darvozabon "Manchester Siti"ga o‘tdi.
"Men u bilan doimo ajoyib munosabatda bo‘lganman. Men uning to‘g‘riso‘zligini qadrlardim. Xafsalam pir bo‘ldimi? Bilmadim, har bir murabbiy o‘zi qaror qabul qilish huquqiga ega.
Jamoadoshlarimning qo‘llab-quvvatlashi PSJga nima olib kelganimni tushunishimga yordam berdi va bu eng muhimi. Bu futboldan tashqari qolgan narsa. Futbolchilar va PSJdagi barcha meni yaxshi ko‘rishini bilaman va bundan faxrlanaman. Parijdagi to‘rt yil ajoyib davr bo‘ldi. Men ularni hech qachon unutmayman", - dedi Donnarumma.
Fikrlar