
Janubiy Amerikada navbatdagi saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Argentina 1 kishi kam bo‘lib, durang o‘ynadi, nomdor terma jamoa Mundialsiz qolib ketdi
Janubiy Amerikada "JCh-2026" saralashining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Argentina o‘z maydonida Kolumbiya bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 24-daqiqada Luis Dias hisobni ochdi. Ta’kidlash kerak, "albisileste" tarkibida Entso Fernandes 70-daqiqada qizil kartochka olgandi. Shunga qaramay, ular 81-daqiqada muvozanatni tikladi.
Bundan tashqari, Braziliya ham o‘z o‘yinini o‘tkazdi va Vinisius Juniorning goli evaziga Paragvayni 1:0 hisobida taslim etdi. Chili esa Boliviyaga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, ketma-ket uchinchi bora Mundialdan quruq qoldi.
Quyida 16-turda bo‘lib o‘tgan o‘yinlar bilan tanishing:
Fikrlar