JAR stadionida texnologiya va futbol uyg‘unlashdi: TECNO CAMON 50 taqdimoti qiziqarli uchrashuv bilan o‘tdi
26-mart kuni Toshkentdagi JAR stadioni nafaqat sport, balki texnologiya muxlislari uchun ham markazga aylandi. Aynan shu yerda yangi TECNO CAMON 50 smartfonlar seriyasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir esa odatiy prezentatsiyadan farqli ravishda futbol ruhida tashkil etildi.
Maydonda blogerlar va jurnalistlardan tuzilgan jamoalar o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuv boshidan oxirigacha keskin kurash va yuqori tempda o‘tdi. Har ikki jamoa chiroyli kombinatsiyalar va individual mahorat namoyish etdi, ammo yakunda jurnalistlar jamoasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Bu oddiy taqdimot emas edi — bu haqiqiy shou bo‘ldi. Eng qiziq tomoni, biz nafaqat tomosha qildik, balki o‘zimiz ham o‘yinda qatnashdik. Aynan shunday dinamik vaziyatlarda CAMON 50 qanday ishlashini real vaqtning o‘zida ko‘rish juda ta’sirli bo‘ldi.”- deya ta’kidladi mashhur bloger Saidazim Rizaev.
G‘olib jamoaga tantanali tarzda TECNO Cup 2026 topshirildi. Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan barcha futbolchilarga esdalik medallari berildi. Bu esa tadbirga haqiqiy sport musobaqasi ruhini olib kirdi.

Uchrashuvni yanada qiziqarli qilgan omillardan biri — taniqli futbol sharhlovchisi Hayrulla Hamidov bo‘ldi. U o‘yinni professional darajada sharhlab, tomoshabinlarga haqiqiy stadion atmosferasini his qildirdi. Yakunda aynan u barcha ishtirokchilarga medallarni topshirdi.
Tadbirda 25 dan ortiq blogerlar va OAV vakillari, shuningdek 60 dan ziyod mehmonlar ishtirok etdi. Ular futbol uchrashuvi bilan birga yangi smartfonlarni ham sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘lishdi.
Albatta, e’tibor markazida — TECNO CAMON 50 seriyasi bo‘ldi. Tadbir formati aynan smartfonning asosiy ustunliklarini amalda ko‘rsatishga xizmat qildi. Masalan, yuqori tezlikdagi epizodlarni suratga olishda FlashSnap rejimi yordamida harakatdagi lahzalarni aniq va tiniq kadrga aylantirish mumkinligi namoyish etildi.

“Men uchun eng katta kutilmagan jihat — bu FlashSnap funksiyasi bo‘ldi. Harakatdagi kadrlar odatda yaxshi chiqmaydi, lekin bu yerda natija haqiqatan ham professional darajada. Bu smartfon kontent yaratuvchilar uchun juda kuchli vosita ekan.” – deya bo’lishdi jurnalist Hilola Isoqova.
Smartfonning Sony 50 MP kamerasi esa hatto murakkab yorug‘lik sharoitida ham sifatli va detallashtirilgan suratlar olish imkonini beradi. Bu ayniqsa stadion kabi dinamik muhitda muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, AI AutoZoom funksiyasi kadr ichidagi asosiy ob’yektlarni avtomatik aniqlab, ularni yaqinlashtiradi va yaxshilaydi — bu esa o‘yin davomida eng muhim epizodlarni kadga tushishida yordam beradi.
Yuqori darajadagi IP68/IP69/IP69K himoya smartfonni chang, yomg‘ir yoki suv tomchilaridan himoya qiladi — bu esa ochiq maydondagi tadbirlar uchun ayni muddao.
Bundan tashqari, 6500 mAh sig‘imli batareya va 45W tezkor zaryadlash smartfondan uzoq vaqt davomida faol foydalanish imkonini beradi, bu esa uzoq davom etadigan sport tadbirlari uchun juda qulay.
Фикрлар