Jastin Getji va Arman Tsarukyan jangi qanday kechadi?

  • 22.09.2026 17:24
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

UFC sobiq chempioni Israel Adesanya engil vaznda amaldagi chempion Jastin Getji va Arman Tsarukyan oʻrtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi. 

"Uslub jihatdan men Jastindan texnik, ammo biroz tartibsiz hujumlarni kutyapman. Arman esa kurashga tayanishga majbur boʻladi. U "UFC 331" turnirida qilgan ishini yanada yuqori darajada takrorlashi kerak. Menimcha, Tsarukyan uchun gʻalabaga eng qisqa yoʻl — Xabib Nurmagomedov qoʻllagan rejadan foydalanish. “Burgut” "UFC 254" turnirida Getjini juda ishonchli tarzda enggandi. Ōxshash taktika Tsarukyanni ham UFC kamariga olib borishi mumkin", — deya Adesanyaning soʻzlarini keltirdi "Yahoo Sports".

Eslatib oʻtamiz, Jastin kelasi yil oktagonga qaytishi yoki faoliyatini yakunlashi haqida tez-tez gapirmoqda. Agar bu haqiqatga aylansa, engil vazndagi holat butunlay oʻzgarib ketishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!