
Jasur Jaloliddinov Malayziyaga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba haqida gapirdi
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqichining ilk turida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Malayziyaga qarshi bahs olib bordi. Unda vakillarimiz 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Dastlabki golni penaltidan Jasur Jaloliddinov kiritdi. Ikkinchi golga esa Ulug‘bek Hoshimov mualliflik qildi. Uchrashuvdan so‘ng Jaloliddinov o‘z g‘alaba haqida gapirdi.
"Assalomu alaykum hammaga. Butun xalqimizni g‘alaba bilan tabriklaymiz. Sizlarni qo‘llab-quvvatlashingiz bilan yurishimizda davom etamiz. Olg‘a, O‘zbekiston", - dedi termamiz sardori.
Eslatib o‘tamiz, navbatdagi turda hamyurtlarimiz Quvaytga qarshi saf tortadi, bellashuv 20 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi.
Fikrlar