Jasur Jaloliddinov: "Maqsadimiz O‘zbekistonda futbol o‘lmaganini isbotlash va xalqning muhabbatini qaytarish!"

  • 18 iyun, 2022, 12:31
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertangi Osiyo Kubogi finali oldidan O‘zbekiston OTJ sardori Jasur Jaloliddinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"Assalomu alaykum! Maqsadimizgacha 1 qadam qoldi. Buning uchun bor kuchimizni beramiz. Oldindan aytib keldik. bizning maqsad faqat chempionlik."

Ertaga Osiyo Kubogini, 2 yildan so‘ng Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimizga ishonaman!

Birinchi navbatda, raqibni o‘rganib chiqamiz. Biz o‘zimizning o‘yinimizni o‘yinimizni ularga qarshi qo‘ya olishimiz kerak. Bu final! Shuning uchun unda kim gol urishi emas, jamoa g‘alabasi ko‘proq muhimroq.

To‘purarlar poygasi men uchun qiziq emas. Ertaga bu sovrinni saudiyalik futbolchiga berib, kubokni ko‘tarishga tayyorman!

Agar individual yutuqlar haqida o‘ylaganimizda, bunday g‘alabalarga erish olmagan bo‘lardik. Bizda hamma jamoa haqida o‘ylamoqda. Hamma ko‘rdi, g‘alabadan keyin xalqning qanchalar quvonganini.

Bizning asosiy maqsadimiz O‘zbekistonda futbol o‘lmaganini isbotlash, xalqning futbolga bo‘lgan muhabbatini qaytarish. Ertaga finalda g‘alaba qozonib, boshlagan ertagimizni yakunlay qo‘yishni istaymiz".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Gulomqodir Askhanov
18/06/2022 13:52
Э Коил