
Vinisius “Real”da qachongacha qolishini aytdi
“Real”ning asosiy o‘yinchilaridan Vinisius Junior yangi bosh murabbiy Xabi Alonsoga bo‘lgan munosabati va jamoada yana qancha qolishi haqida gapirdi.
- Xabi Alonso har kuni bizga nimalar qilish kerakligini o‘rgatyapti. Oxirgi ikki hafta juda yaxshi o‘tdi. Jamoa uning qo‘l ostida ancha uyushqoq o‘yin ko‘rsata boshladi.
“Real” – bir hayotim jamoasi. Bu klubda hali uzoq yillar o‘ynamoqchiman. “Real”ni yaxshi ko‘raman va bu klubdan qarzdorman.
Atrofdagi bosim va tanqidlar men uchun muammo emas. Bu jamoada, yangi bosh murabbiy Xabi Alonso va jamoadoshlarim yonida baxtiyorman, - dedi Vinisius Junior.
Yaqinda braziliyalik hujumchi “Real” bilan amaldagi shartnomasini 2030 yilning yozigacha uzaytirgani haqida xabarlar tarqatilgan edi. Keyinchalik ayrim manbalar bu ma’lumotlarni inkor qilib, Vinisius Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkinligini yozgandi.
Fikrlar