
Jasur Jaloliddinov: Raqibimizga hurmat bilan yondashamiz
O‘zbekiston U23 terma jamoasi sardori Jasur Jaloliddinov Osiyo kubogi final bosqichidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob berib o‘tdi.
– Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasi va finalga chiqqanimiz bilan butun xalqimizni tabriklayman. Ertangi o‘yinga ham munosib tayyorgarlik ko‘rib, yaxshi natija ko‘rsatishga harakat qilamiz.
2022 yilgi Yaponiyaga qarshi o‘yin haqida
– Avvalgi musobaqadan yaxshi xotiralar bor. Chiroyli g‘alaba bilan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edik. Lekin raqibimizga hurmat bilan yondashamiz va ertangi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishda davom etamiz.
Fikrlar