Jasur Yaxshiboev hamda Eldor Shomurodovga boshqa jamoalardan qiziqishlar bor va haftaning boshqa muhim xabarlari

  • 6 oktabr, 2021, 12:26
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Assalomu alaykum qadrli SPORTS.uz saytining kuzatuvchilari. O‘tgan hafta futbol olamida ko‘plab voqealar yuz berdi. Ular orasida o‘zbek futboliga aloqadorlari ham bor. Shu bois biz sizlarga haftaning o‘zbek futboliga taluqli eng muhim mavzulari haqida so‘z yuritamiz.

Tecno

Jasur Yaxshiboev otrda qolgan haftada e’tibor jihatdan Eldor Shomurodovdan o‘zib ketdi. Chunki Jasur Madridda “Real” darvozasini ishg‘ol qildi. Shomurodovning esa oxirgi paytlarda “Roma”dagi ishlari yurishmayapti.

Evropa chempionlar ligasi 2-turida “Real” - “Sherif” bahsi o‘tkazildi. Bu o‘yin bilan bir vaqtda PSJ - “Manchester Siti” qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi. Shu kuni o‘zbekistonlik muxlislar ikkiga bo‘lindi. Chunki “Sherif” safida hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev asosiy tarkibda maydonga tushdi. Parallel tarzda o‘tkazilgan bahsda yulduzlar to‘qnashuvi edi. Ammo oradan ko‘p vaqt o‘tmay, o‘zbek auditoriyasining katta qismi baribir e’tiborini Madridga qaratdi. Chunki Jasur Yaxshiboev “qirollik klubi” darvozasiga gol urdi. Karl ishonyapsanmi, avvallari “Paxtakor” tarkibiga sig‘magan o‘zbek futbolchisi “Santyago Bernabeu”da gol urdi.

“Real” - “Sherif” uchrashuvining 25-daqiqasida hamyurtimiz chap qanotdan oshirib berilgan to‘pni to‘rga yo‘lladi. Tibo Kurtua bu vaziyatda ojiz qoldi. Bu orqali Yaxshiboev tarixga kirdi. Ya’ni “Santyago Bernabeu”da “Real”ga gol urgan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Bundan avval 2005-2006 yilgi EChL guruh bosqichi 6-turida Maksim Shatskix “qirollik klubi” darvozasini bir o‘yinda ikki bor ishg‘ol qilgandi. Faqat Shatskix gollarni “Dinamo K” safida Ukrainadagi bellashuvda urgandi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng Jasur Yaxshiboev qisqacha fikrini bildirib o‘tdi. 

- Yoshligimdan "Real"ga qarshi o‘ynashni orzu qilganman. Gol haqida nima deyishni ham bilmayapman. Lekin darvozani ishg‘ol qilishni juda istagandim, - dedi Yaxshiboev.

Bir paytlar klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Real"ga qarshi o‘ynash uchun Sardor Rashidov BAA jamoasini tanlasa-da, bu futbolchimizga nasib qilmagandi. Yaxshiboev esa "Sherif" safida "Real" darvozasiga gol urdi.

Mana shu o‘yinlar sabab Yaxshiboev O‘zbekiston milliy terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘iniga jalb qilingandi. Biroq Jasur jarohat olgani bois yig‘inda qatnasha olmaydigan bo‘ldi. Uning o‘rniga Srechko Katanets “Lokomotiv”dan Aziz Omonovni taklif qildi. 

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz Iordaniya poytaxti Amman shahrida xorij yig‘ini tashkil etadi. Mashg‘ulotlar davomida vakillarimiz 9 oktyabr kuni Malayziya, 12 oktyabrda esa Iordaniya bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Eldor Shomurodovning oxirgi paytlarda “Roma”dagi o‘yinlari o‘xshamayapti. Hamyurtimiz avvallari zaxiradan o‘yinga qo‘shilganda, foydali koyfitsienti ko‘proq edi. Kamida assist amalga oshirardi. Shomurodov asosiy tarkibga kiritilganda esa uning bu hislati yo‘qoldi. Hatto Joze Mourino ham Evropa Konferentsiyalar ligasi doirasida “Zarya”ga qarshi bahsdan so‘ng uning harakatlari avvalgidek chiqmayotgani haqida gapirgandi.

Umuman olganda, futbolchilarda bunday holatlar uchrab turadi. Umid qilamizki, Eldor Shomurodovda muvaffaqiyatsiz onlar tezroq o‘tib ketadi.

Qolgan voqeliklarni video orqali bilib olishingiz mumkin: 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!