Jasurbek Latipov finalda janubiy koreyalik bokschi bilan jang qiladi

  • 5 may, 2017, 15:01
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionatining yarim final bahslariga biroz avval start berildi. 52 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan hamyurtimiz Jasurbek Latipov qo‘shni davlat vakili qozog‘istonlik Azamat Issakulovni mag‘lub etdi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Ushbu bokschimiz 7 may kuni bo‘lib o‘tadigan final jangida janubiy koreyalik Inkyu Kimga qarshi jang qiladi. Ma’lumot o‘rnida, Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan bokschi yarim finalda filippinlik Daniel Maamoni uch raund davom etgan jangda ochkolar hisobi bo‘yicha mag‘lub etdi.

Mamlakatimiz mezbonlik qilayotgan Boks bo‘yicha Osiyo chempionati "FACEBOOK"dagi ushbu sahifada jonli efirda namoyish etilmoqda (Havola).

SPORTS.uz Axborot Portali muxbirlari Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida qayd etilayotgan natijalarni tezkorlik bilan taqdim etish maqsadida O‘zbekiston Sport Majmuasida ish olib borishmoqda.

SPORTS.uz Axborot Portalidan uzoqlashmang.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!