
Javohir Sidiqov "Nasaf"ni tark etdimi?
Ayni dam "Nasaf"da ijara asosida o‘ynayotgan Javohir Sidiqov qarshiliklar safini tark etishi va mavsumning qolgan qismini "Andijon"da o‘tkazishi borasida mish-mishlar chiqqandi.
"Sports.uz" saytiga ma’lum bo‘lishicha, Sidiqovning "Nasaf"da qolish ehtimoli yuqori. U ayni dam klub mashg‘ulotlarida ishtirok etmoqda.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchining transfer huquqi "Qo‘qon-1912"ga tegishli. Uning jamoa bilan tuzgan shartnomasi qishda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar