
JCh-2022. Argentina ustozi: "Sharoit zo‘r emas, lekin o‘ynashga majburmiz"
Argentina milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Jahon chempionati taqvimidan norozi.
"O‘ylaymanki, biz ushbu guruh g‘olibi sifatida ikki kun o‘tib yana maydonga tushishimiz aqlsizlik. Hozir dam olib, endi tayyorgarlikni boshlashimiz lozim. Sharoit zo‘r emas, lekin o‘ynashga majburmiz",-dedi murabbiy Polsha ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin.
Ma’lumot uchun, "albiseleste" nimchorak final bosqichi doirasida qit’adoshlarimiz Avstraliya terma jamoasi bilan bellashadi. Uchrashuv 3-dan 4 dekabrga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Fikrlar