JCh-2022. Germaniya bosh murabbiyi Yaponiyadan uchralgan mag‘lubiyat sabablarini aytdi

  • 23 noyabr, 2022, 21:18
  • Javokhir Azimov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiy Xans-Diter Flik JCh 1-turidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi:

Tecno

"Zyule ehtiyotkorroq o‘ynashi kerak edi. U qo‘shimcha 2-3 qadam tashlagani uchun yaponiyalik futbolchi ofsayddan chiqdi. Bugun biz individual xatolar tufayli mag‘lub bo‘ldik.

Birinchi taymda ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik. Raqib samaradorlik bobida bizdan ancha ustun edi. Keraksiz vaziyatlarda xatoga yo‘q qo‘ydik. "Samuraylar" himoyadan tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tishini bilardik va buning oldini ololmadik".

- Siz qilgan o‘zgarishlar jamoa ritmini buzib qo‘ymadimi?

"Biz shunchaki o‘yinga yangi energiya qo‘shmoqchi edik. Myuller anchadan beri maydonga tushmayotgandi va shuning uchun uni zaxiraga olish variantini to‘g‘ri deb hisoblayman. Individual xatolarga yo‘q qo‘yganimiz uchun mag‘lubiyatga uchradik".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Зариф Исаев
24/11/2022 05:07
Шу сайт ходимларига коттакон Рахмат ота оналарига хам Рахмат чарчаманглар боллар Москва дан Канака камера жунатай совгага