
JCh-2022. Kamavinga: "Benzema biz bilan xayrlashmadi"
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga sherigi Karim Benzemaning jarohati haqida gapirdi.
"Men uning mashg‘ulotni qanday tark etganini ko‘rmadim. Biz ikki jamoaga bo‘linib futbol o‘ynayotgandik. Keyin u tibbiy tekshiruvga bordi va qaytgan paytida biz uxlayotgandik.
Bu xabarni ertasi kuni eshitdik. Buni qabul qilish og‘ir, ammo maqsadimiz o‘zgarmaydi. Bizni birinchi tur bellashuvi kutib turibdi, boshqa narsa haqida o‘ylamasligimiz lozim.
Karim terma jamoa qarorgohini erta tongda tark etgani uchun biz bilan xayrlashmadi. Keyin men unga xat yozdim. U JChda ishtirok eta olmasligidan ranjimoqda.
Bu katta yo‘qotish, lekin Frantsiyada yaxshi saviyadagi futbolchilar etarlicha. Biz mundialni jarohat tufayli o‘tkazib yuborayotgan jamoadoshlarimiz uchun ham oxirigacha kurashamiz",-dedi 20 yoshli futbolchi.
Fikrlar