
JCh-2022. Kambek amalga oshmadi! 5 ta gol urilgan o‘yinda Koreya Ganaga mag‘lub bo‘ldi
Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya va Gana terma jamoalari o‘rtasidagi bahs nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda afrikaliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Salisu hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa o‘tib, Muhammad Quddus farqni yana bittaga oshirib qo‘ydi. Birinchi bo‘limda muxlislar boshqa gol ko‘rmadi.
58-daqiqada Janubiy Koreya futbolchisi Cho Gyu Son hisobni qisqartirdi. 61-daqiqada esa yana uning o‘zi gol urib, muvozanatni tikladi. Koreyalik muxlislarning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi, 68-daqiqada yana Quddus katta sahnaga chiqdi va Ganani oldinga olib chiqdi.
Fikrlar