JCh-2022. Lionel Messi Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin oldidan: "Bu oxirgi imkoniyat"

  • 21.11.2022 21:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Argentina - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida "albiseleste" sardori Lionel Messi ishtirok etdi.

Tecno

"Bu men uchun so‘nggi Jahon chempionati bo‘lsa kerak. Orzuni ro‘yobga chiqarish yo‘lidagi oxirgi imkoniyat".

- Argentinaning avvalgi mundiallar ochilish o‘yinlaridagi muvaffaqiyatsizliklaridan qanday xulosa chiqardingiz?

"Doim o‘rganganimizdek o‘ynashimiz lozim. O‘zimizni yaxshi his qilmoqdamiz. Bizni qiyin bahs kutyapti, chunki bu birinchi tur. Asabiylik va xavotirni engishimiz darkor. Dastlabki soniyalardanoq faqat futbol haqida o‘ylashga harakat qilishimiz kerak".

- Butun dunyoda sizlarning JChda g‘alaba qozonishingizni istashadi.

"Ha, bizni juda ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlayotgani ajoyib. Bu meni yanada ko‘proq xursand qiladi. Faoliyatim davomida ko‘rganlarimdan minnatdorman".

- Butun arab olami Messini yaxshi ko‘radi. Ammo ertaga ular saudiyaliklar tarafida bo‘ladi...

"Men dunyoning turli chekkalarida meni yaxshi ko‘rishlarini bilaman. Biroq har bir millat uchun o‘z jamoasi doim eng suyuklisi bo‘ladi. Biz g‘alaba qozonib, 3 ochkoni qo‘lga kiritishga harakat qilamiz",-deydi 35 yoshli futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, Argentina - Saudiya Arabistoni o‘yini 22 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!