"JCh-2022" saralashi. Risharlison va Neymarning gollari Braziliyaga g‘alaba keltirdi

  • 5 iyun, 2021, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avval Janubiy Amerika qit’asida “JCh-2022” saralashidan o‘rin olgan Braziliya hamda Ekvador terma jamoalari bahsi o‘z nihoyasiga etdi.

Tecno

Qiziqarli kechgan o‘yin maydon egalarining 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni gollarni Risharlison hamda Neymar kiritdi.

5 ta turdan so‘ng 100 foizlik natija bilan 15 ochko to‘plagan Braziliya guruhda peshqadamlik qilmoqda. Hisobida 9 ochko mavjud Ekvador esa 3-o‘rindan joy olgan.

Braziliya – Ekvador 2:0 (0:0, 2:0)

5 iyunya, 03.30, «Beyra-Rio»

Gollar: 1:0 – 65 Risharlison, 2:0 – 90, penalti Neymar.

Braziliya – Alisson, Markinos, Aleks Sandro, Danilo, Militao, Lukas Paketa, Kazemiro, Fred (Gabriel Jezus, 62), Neymar, Gabriel Barboza (Firmino, 76), Risharlison (Fabino, 90).

Ekvador – Dominges, Arreaga, Arboleda, Estupinyan, Presiado, Grueso, Mendes (Estrada, 76), Presiado (Martines, 70), Franko, Mena (Kasares, 84), Valensiya (Kaysedo, 76).

Ogohlantirishlar: Presiado (27), Fred (37), Valensiya (55), Presiado (69), Militao (73), Dominges (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!