JCh-2022. Zlatko Dalich: "Vaziyat 4 yil oldingi mundial kabi emas"

  • 23 noyabr, 2022, 20:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Marokashga qarshi 0:0 hisobidagi durangdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qiyin uchrashuv bo‘lishini bilgandik. Raqib mudofaada zich joylashdi, qarshi hujumlarda ular juda xavfli edi.

Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadik. Guruhdan chiqish uchun kamida 4-5 ochko to‘plashimiz kerak. 

- Asosiy tarkibda tushishi kutilmagan Lovren va Vlashich kabi futbolchilarning o‘yinidan qanchalik qoniqish hosil qildingiz?

- Biz tajribani tanladik. Siz aytgan futbolchilar shunday xislatga ega edi. Afsuski, Vlashich jarohat oldi. 

Vaziyat 4 yil oldingidek emas. Ammo hamon oldinga intilamiz, afsuslanadigan narsamiz yo‘q", - dedi xorvatiyaliklar ustozi.

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya navbatdagi o‘yinini Kanada termasiga qarshi o‘tkazadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!