
"JCh-2022"da ofsaydni avtomatik aniqlaydigan tizim ishga tushadimi?
Hawk-Eye kompaniyasi ofsayd holatini avtomatik aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Bu haqda FIFA ma’lum qilgan.
The Times nashrida yozilishicha, yangi tizimdan 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida foydalanilishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, ishlab chiqilgan tizim ofsayd holatiga bir zumda reaktsiya bildiradi va bu haqda hakam yordamchisiga (VAR) xabar beradi. Keyin hakamning o‘zi ofsayd holatiga tushib qolgan futbolchi uchrashuvning davom etishiga xalaqit berishi yoki yo‘qligini hal qiladi.
Yangi futbol qoidalarini ishlab chiqayotgan IFAB yig‘ilishida bular haqida FIFAga batafsil ma’lumot taqdim etiladi.
Fikrlar