"JCh-2026": Argentina kambek amalga oshirib, chorak finalga chiqdi!

  • 07.07.2026 23:12
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada va Meksika davlatlari mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatining 1/8 final bosqich bahslari davom etmoqda. Ushbu bosqich doirasida Argentina va Misr milliy terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Mazkur bellashuvda amaldagi jahon chempionlari irodali o‘yin namoyish etib, 3:2 hisobida g‘alaba qo‘zondi. Dastlab, 15-daqiqada Yasser Ibrohim hisobni ochdi. Keyin esa Lionel Messi penaltiidan foydalanolmaydi. 67-daqiqada Ziko Misrning ikkinchi golini kiritib, jamoasining ustunligini mustahkamladi.

Shundan so‘ng Argentina kambek boshladi. 83-daqiqada Kristian Romero va Lionel Messi gol urib, muvozanatni tikladi. 90+3-daqiqada esa Enzo Fernandez jamoasiga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.

Shu tariqa, Lionel Skaloni shogirdlari chorak finalga yo‘l oldi.

  • World - Jahon chempionati
  • Nimchorak final
18644.png

Argentina

  • Cristian Romero 79'
  • Lionel Messi  83'
  • Enzo Fernández 90'
Tugadi
3 : 2

07.07.2026 21:00

18546.png

Misr

  • Yasser Ibrahim  15'
  • Mostafa Mohamed Zaki Abdelraouf 67'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!