"JCh-2026". Ispaniya Urugvayni mag‘lub etib, Jahon chempionatidan chiqarib yubordi

  • 27.06.2026 07:12
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida Ispaniya terma jamoasi Urugvay ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozo­nib, raqibini musobaqa bilan xayrlashishga majbur qildi.

Uchinchi tur uchrashuvidagi yagona gol 42-daqiqada Aleks Baena tomonidan kiritildi. Uning zarbasini Urugvay darvozaboni Fernando Muslera qaytarib qola olmadi. Tanaffusda esa Muslera o‘rniga Serxio Rochet maydonga tushirildi.

Urugvaylik Agustin Kanobbio uchrashuvning 95-daqiqasida qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!